"Barselona" – "PSJ" uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

"Barselona" – "PSJ" uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

"PSJ" vingeri Usmon Dembele YECHL chorak finalida "Barselona" bilan javob uchrashuvida (4:1, umumiy hisob 6:4) eng yaxshi futbolchi deb topildi.

Fransiyalik futbolchi bitta gol urdi va penalti ishlab berdi, uni Kilian Mbappe golga aylantirdi.

Parijliklar Chempionlar ligasining yarim finaliga yo‘l olishdi va “Atletiko Madrid”ni umumiy 5:4 (1:2, 4:2) hisobida mag‘lub etgan “Borussiya Dortmund” bilan o‘ynaydi.

Chempionlar ligasi yarim finalining dastlabki o‘yinlari 30 aprel va 1 may kunlari, javob o‘yinlari 7 va 8 may kunlari bo‘lib o‘tadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!