"Barselona" futbolchisi Kroosdan o‘tib ketdi

"Barselona" futbolchisi Kroosdan o‘tib ketdi

"Evro-2024" birinchi tur uchrashuvlari davom etadi. Daniya bu turda Sloveniya bilan durangga imzo chekdi.

O‘yinning eng yaxshi futbolchilari biri bu Andreas Kristensendir. "Barselona" himoyachisi 89 marta sheriklariga pas bergan bo‘lsa, ularning barchasi aniq bordi. Bundan oldin mazkur turnirda Toni Kroos ushbu natijaga juda yaqin kelgandi. "Real"ning sobiq a’zosi bir marotabagina noaniq pas bergandi.

"Sofa Score" xabariga ko‘ra, Yevro tarixida 1980 yildan beri hali hech kim pas aniqligi bo‘yicha 100% natijani qayd eta olmagan.

Eslatib o‘tamiz, Daniya guruhida Angliyadan keyin ikkinchi o‘ringa joylashdi. Keyingi turda jamoa aynan "uch sherlar"ga qarshi maydonga tushadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!