«Barselona» futbolchilar maoshini yana kamaytirishni o‘ylamoqda

«Barselona» futbolchilar maoshini yana kamaytirishni o‘ylamoqda

«Barselona» hamon moliyaviy qiyinchiliklar girdobida qolmoqda.

Ortda qolgan moliyaviy yil yakunlariga ko‘ra klub 97 million yevro miqdorida zarar ko‘rdi. Rahbariyat yangi hisobot davrida vaziyat yanada og‘irlashib ketishidan xavotirda.

Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun «Barselona» rahbariyati futbolchilardan ish haqini kamaytirishni so‘ramoqchi. Cadena SER ma’lumotlariga ko‘ra, muzokaralar «norasmiy aloqalar» orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, klub yillik to‘lovlarni ham kamaytirish uchun shartnomalarni uzaytirishni taklif qilmoqchi.

Ma’lumot o‘rnida, «Barselona»ning 2019 yildagi ish haqi xarajatlari 642 million dollarga baholangandi (taxminan, 545 million yevro).

Katalon klubi La Liganing 5-turidan keyin 3 o‘yin o‘tkazgan holda 7 ochko jamg‘arib 5-o‘rinda bormoqda. «Barselona» ishtirokidagi dastlabki ikki tur o‘yinlari kechroq muddatga qoldirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!