Barcha tibbiyot xodimlari dastlabki va davriy tibbiy ko‘rikdan bepul o‘tkaziladi

Barcha tibbiyot xodimlari dastlabki va davriy tibbiy ko‘rikdan bepul o‘tkaziladi

Mamlakatimiz rahbarining Prezidentimizning “Tibbiyot muassasalari xodimlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga ko‘ra:

barcha tibbiyot xodimlari Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan dastlabki va davriy tibbiy ko‘rikdan bepul o‘tkaziladi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda tibbiyot xodimlarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar uchun zarur mablag‘larni doimiy ravishda tibbiyot muassasalarining xarajatlar smetasida ko‘zda tutilishini ta’minlaydi.

Belgilandiki:

2022 yil 1 iyuldan boshlab viloyatlar hamda Toshkent shahridan, shuningdek, xorijiy davlatlardan Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxtako‘pir, Chimboy, Qorao‘zak, Bo‘zatov, Shumanay, Qo‘ng‘irot tumanlariga borib ishlovchi shifokorlarning oylik lavozim maoshiga dastlabki uch yil davomida 100 foiz, Mo‘ynoq tumanida esa 200 foiz miqdorida qo‘shimcha har oylik ustama to‘lovlari Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan to‘lanadi.

Bunda, mazkur bandda ko‘rsatilgan ustamani olish uchun shifokor boshqa hududda kamida ikki yil ishlagan hamda kamida ikkinchi darajali malaka toifasiga ega bo‘lgan bo‘lishi lozim.

Shuningdek, tibbiyot xodimlarini yilda bir marta teatr va konsert tomoshalariga bepul olib borish tizimi tashkil etiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!