Bahraynda chaykalar fastfud bilan oziqlanmoqda

Bahraynda chaykalar fastfud bilan oziqlanmoqda

Bahraynda chaykalar odamlar iste’mol qilgan ovqatlarning qoldiqlaridan oziqlanib, semirib ketdi. Shuning uchun ham endi ular ucha olmaydi deb xabar bermoqda Esquire.

Ushbu hodisaga Fors ko‘rfazi mamlakatlarida yaxshi ko‘rib iste’mol qilinadigan «machbu» yeguligi sabab bo‘lmoqda. Yog‘da pishiriladigan egulik  achchiq tovuq go‘shti va guruchdan tayyorlanadi. Ma’lum bo‘lishicha, Bahrayn aholisi fastfud qoldiqlarini mo‘ljallangan joyga tashlamaydi. Natijada qushlar qoldiqlarni topib, iste’mol qiladi.

Chaykalar mazali va to‘yimli taomga shunchalar o‘rganib qolganidan dengizdan ozuqa izlashni ham to‘xtatgan. «Ular uchish o‘rniga shunchaki yerda sayr qilmoqda va hurmatga sazovor ko‘chalarga zarar yetkazmoqda», − deydi shahar hokimiyati rasmiylaridan biri.

«Endi chaykalar semirib ketgani tufayli ucha olmaydi. Biz go‘yoki ularni xuddi ishga ketib, tushlik uchun uyga qaytayotganini ko‘rishimiz mumkin. Faqatgina ularni sharbat hamda desert bilan boqish qoldi, xolos», − deydi oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash muammolarini hal etish tashkiloti a’zolaridan biri.

Bir necha yil avval Liverpul universiteti olimlari odamlar iste’mol qiladigan fastfud qoldiqlaridan qushlar ortiqcha vaznga ega bo‘lishini aniqlagan. Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, bu qushlarning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolarga olib keladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!