Badminton sporti – salomatlik garovi

Badminton sporti – salomatlik garovi

Badminton o‘yini ko‘ngilochar mashg‘ulot sifatida inson turmush tarziga kirib kelgan. Endilikda u sport turi sifatida shakllanib ham ulgurdi.  Uning salomatlikka foydasi biqiyos. U bilan shug‘ullangan bola chaqqonlikka, epchillikka, barcha harakatni zudlik bilan anglab olib shunga yarasha javob qilishga  o‘rganadi.

Shu bilan birga barcha yoshdagi insonlar u bilan mashg‘ul bo‘lib o‘z sog‘ligini mustahkamlashi mumkin. Biz uni oilaviy sevib o‘ynaymiz. Sayru sayohatga chiqqanda ham bemalol olib ketish mumkin. Badmintonning inson salomatligini mustahkamlashdagi  afzalliklari nimada?!

Avvalo, vaznni kamaytirishga hamda ortiqcha yog‘lardan xalos bo‘lishga yordam beradi. Chunki bu o‘yin ko‘p jismoniy harakatlardan iborat. Bir soatlik mashg‘ulot  davomida 400-550 kaloriyani yo‘qotish mumkin. Bu barcha sport turlari orasida eng yuqori natija hisoblanadi.  Agar badminton bilan muntazam shug‘ullanilsa bir oyda 4 kilogramm vazndan xalos bo‘lish mumkin. Eng asosiysi barcha muskullar harakatga kelishi natijasida ortiqcha yog‘lardan qutulishga yordam beradi.

Yana bir foydasi o‘pka foiliyatini yaxshilaydi. Ushbu sport turi bilan shug‘ullanganda burun yo‘llari ochilib, nafas olish yaxshilanadi, Shuningdek xurrak otishning oldi olinadn. Sababi organizmda qon aylanishining yaxshilanishi natijasida butun tananing chidamliligining oshirilganligidadir.

Qon bosimi normallashtirishga yordam beradi. Badminton nafaqat qon bosimini tushirishga yordam beradi, balki uni butunlay davolaydi. Tomirlarda   qon aylanishi yaxshilanishi  tufayli qon bosimi ham normal holatga keladi.

Diabet xavfini kamaytiradi. Badminton faol jismoniy mashg‘ulot bo‘lgani uchun jigardagi har qanday  mahsulotlar keltirib chiqargan qondagi ortiqcha qand miqdorini kamaytirishga yordam beradi.

Suyak mustahkamligini, zichligini oshiradi. Ushbu mashg‘ulot ortiqcha vaznni yo‘qotish, tanadagi yog‘ miqdorini kamaytirish hisobiga hujayralar va ularni kuchlantiruvchi maksimal kalsiy to‘planishiga imkon yaratadi.

Yurak faoliyatini yaxshilaydi. Yoshga yosh qo‘shilgan sari yurak devorlarida xolesterin miqdorining oshishi kuzatiladi. Bu esa o‘z navbatida yurak xuruji, miyaga qon quyilishi va zaiflikka sabab bo‘ladi. Badminton sporti esa qo‘shimcha yog‘larni eritib, inson tanasidagi ortiqcha xolesterindan xalos bo‘lishga yordam beradi, buning natijasida yurak muskullari faol ishlaydi, yurak xuruji xavfi oldi olinadi. Shuningdek, odam tanasida ikki xil  xolesterin mavjud. Ikkinchisi foydali xolesterin deb nomlanadi, ushbu mashg‘ulot uning darajasini oshirishga yordam beradi.

Badminton sporti harakatchanlik, aqliy qobiliyat va natijada mehnat mahsuldorligini oshiradi. Qanday qilib? Mukammal harakatlarni talab qiluvchi ushbu mashg‘ulot, hushyorlikka vat yezda javob qaytarishga undaydi. Bu o‘z navbatida diqqatni jamlashga, epchillikka o‘rgatadi, stressdan qutulishga, yordamberadi.

yaxshilaydi.
Badminton o‘ynaganda metabolizmdan qutilasiz. Tabiiy terlash natijasida tanadagi toksinlar yo‘qotiladi,, moddalar almashinuvi yaxshilanadi. Ich damlashi ketadi, yanada sog‘lom va ko‘rkam bo‘lishga zamin yaratiladi.

Shuningdek bu sport turi  ijtimoiy munosabatlarda ham yordam beradi.

Badmintonni yolg‘iz o‘ynab bo‘lmaydi. Bir kishi bilan qayta-qayta o‘ynayverish ham zeriktiradi. Yangi raqobatchilarni izlaysiz va bu esa o‘z navbatida jamoatchilik bilan aloqalaringizni yaxshi yo‘lga qo‘yishga imkon beradi.

Badminton mashg‘uloti natijasida sog‘lom  turmush tarziga o‘rganasiz. Maroqli dam olish,  tinib uxlash, faolroq va g‘ayratliroq bo‘lishga o‘rgatadi, natijada  kundalik ishlarni muvaffaqiyatli amalga oshirasiz. Jismoniy jihatdan kuchlilik, diqqatni jamlay olishga ko‘nikish esa miya faoliyatining samarali ishlashini ta’minlaydi.

Hayotingizni ajoyib va g‘aroyib jismoniy mashqlar bajarish bilan to‘ldiring. Shundagina o‘z hayotingizdan mamnun bo‘lasiz,  aql va salomatlik uyg‘un bo‘lganidan keyin omadning o‘zi kelaveradi. Jismoniy mashq, kayfiyatni ko‘tarish, do‘stlar davrasini kengaytirish o‘z navbatida yutuqlar garovidir!

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!