Ayanchli YTH: Surxondaryoda bir kishi halok bo‘ldi

Ayanchli YTH: Surxondaryoda bir kishi halok bo‘ldi

Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida 16 fevral kuni soat 09.00larda E.SH. o‘zining Tayota Corolla rusumli avtomashinasini Oltinvoha mahallasi hududidan o‘tuvchi yo‘lining 1408-km.da haydab ketayotib, yo‘l chetida velosiped haydab ketayotgan Oltinvoha mahallasida yashagan SH.X.ni urib yuborgan. Natijada SH.X. jarohat olib, voqea joyida vafot etgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining yozishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!