Avstriyada Gitler yashagan uy polisiya idorasiga aylantiriladi

Avstriyada Gitler yashagan uy polisiya idorasiga aylantiriladi

Avstriyaning Braunau-am-Inn shahridagi Adolf Gitler tug‘ilgan uy polisiya idorasiga aylantiriladi. Bu haqda Kurier nashri Avstriya ichki ishlar vazirligida o‘tkazilgan matbuot anjumanidagi ma’lumotlarga tayanib xabar bergan.

Xabarga ko‘ra Marte arxitektura byurosi tenderda yutib chiqqan. Marte kompaniyasi Uchinchi reyx rahbari yashagan uyni qayta ta’mirlash ishlarini olib boradi.

Tenderda jami 12 ta kompaniya ishtirok etgan. Qayta jihozlash va uyni ta’mirlash ishlari 2022 yil oxirida yakuniga yetishi va taxminan 5 million yevroga aylanishi mumkin. Shuningdek, uy neytral maqomga ega bo‘ladi va neonasistlarning bu yerga kelishi to‘xtaydi.

Binoda XVII asrdan 1965 yilga qadar kutubxona, shuningdek, bank bo‘linmasi va maktab faoliyat olib borgan. 1977 yildan 2011 yilgacha uydan ustaxona, imkoniyati cheklangan odamlar uchun pansionat uchun joy sifatida foydalanilgan.

2016 yilda hukumat binoni o‘z ixtiyoriga olmoqchi bo‘lgan, biroq uy egasi ushbu takliflarga rad javobini bergan.

Yakunda ushbu joyni olish uchun hukumat tomonidan alohida qonun qabul qilingan, so‘ngra sud tartibi bo‘yicha kompensasiya berishga to‘g‘ri kelgan. Natijada uy egasi bo‘lgan ayolga 812 ming yevro berildi. Avstriya IIV esa davlatga 2019 yildagi ekspropriasiya uchun kompensasiya to‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!