Avstraliyada chordoqda yashovchi “parazit” qo‘lga olindi

Avstraliyada chordoqda yashovchi “parazit” qo‘lga olindi

Koreys kinoijodkorlarining “Parazitlar” filmidagi, uy egalaridan yashirincha yerto‘lada yashab kelgan “parazit” esingizdami? Bundaylar faqat kinoda emas, hayotda ham uchrab turadi.

Avstraliyaning Kvinslend shtati Rokxempton tumani yashovchi ayol o‘z uyida bir necha haftadan beri sirli ravishda yashab kelgan notanish kimsani aniqlashga muvaffaq bo‘ldi.

Bu haqda "News.com.au"ga tayanib "hudud24.uz" xabar beradi.

So‘nggi oylarda uy bekasi Monika Grin (Monica Green) uyidagi ayrim buyumlar, oziq-ovqat mahsulotlari yo‘qolib qolayotgani yoki joyi o‘zgarayotganini payqab qoladi. 18 yanvar kuni u shifokor qabulidan ertaroq qaytadi va uyida tartibsizlikka duch keladi. Kimdir kondisionerni yoqqan, kirish eshigini ochiq qoldirgan, oshxonada esa, qozonda pishayotgan ovqatni ko‘rib qoladi.

Grin polisiyaga qo‘niroq qiladi. Huquq-tartibot posbonlari chordoqqa olib chiquvchi darcha ochiq qolgani payqashadi.

“Bu xuddi dahshatli kinofilmlardagi voqealarni eslatadi. U nima uchun shuncha payt uyimda yashirincha yashab keldi? Balki u bolalarimni olib qochmoqchi bo‘lgandir? Bizga biror ziyon yetkazmoqchidir? O‘ylasam, qo‘rqib ketaman!”

Polisiya ushbu ish yuzasidan surishtiruv ishlarini olib bormoqda. Grinning fikricha, noma’lum kimsa uning mashinasi kalitini o‘g‘irlaganidan so‘ng, uning uyiga kirishga muvaffaq bo‘lgan.

Avvalroq, Yaponiyaning Xiogo provinsiyasi Ximedzi shahrida 90 yoshli ayolning uyida olti oy davomida bir begona odam yashab kelgani aniqlangan. “Chaqirilmagan mehmon”ni onasiga tushlik tayyorash uchun kelgan o‘g‘il payqab qolgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!