Avstraliya ichki chegaralarini Rojdestvogacha yopishi mumkin

Avstraliya ichki chegaralarini Rojdestvogacha yopishi mumkin

Avstraliya bosh vaziri Skott Morrison dushanba kuni kunlik koronavirus bo‘yicha o‘limlar soni rekord darajaga ko‘tarilganligi bois mamlakatning ichki chegaralarini Rojdestvoga qadar ochish ehtimoli yo‘qligini ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, mamlakatning ikkinchi yirik shahri Melburn joylashgan Viktoriya shtatida so‘nggi 24 soat ichida koronavirusdan 19 kishi halok bo‘lgan, deya xabar bermoqda Reuters.

Taxminan 5 million odam yashaydigan Melburn iyul oyining boshidan beri izolyasiyada bo‘lib, odamlar uy karantiniga olingan, faqat bitta oila a’zosiga dorixona va oziq-ovqat do‘konlarida kuniga bir marta xarid qilish uydan chiqish huquqi berilgan.

Dushanba kuni Viktoriya Bosh vaziri Deniyel Endryus aholining hafsalasini pir qilganini tushunishini ma’lum qildi, ammo karantinning qachon yakunlanishini aytishni rad etdi.

Hozircha cheklovlar 13 sentyabrgacha saqlanib qoladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!