Atakama cho‘lida ikki million yoshdagi meteoritlar topildi

Atakama cho‘lida ikki million yoshdagi meteoritlar topildi

Ikki million yoshdan oshiq meteoritlarning ikkita namunasi geologlar tomonidan Atakama cho‘llariga qilingan ekspedisiya paytida topildi, deya xabar beradi "Rossiyskaya gazeta".

Cho‘l Chilida joylashgan bo‘lib, ekspedisiya vaqtida bir guruh olimlar 388 meteoritni to‘plashga muvaffaq bo‘lishdi, ammo El Medano hududida joylashgan 54 ta namunalar alohida ahamiyatga ega.

Bu meteoritlarning o‘rtacha yoshi 710 ming yilni tashkil qiladi. Topilgan samoviy jismlarning 30 foizining yoshi bir million yildan ortiq va faqat ikkita namunaning yoshi ikki milliondan ortiq ekanligi aniqlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!