Turkiyada TikTok oilaviy qadriyatlarga ta’sir qilgani uchun bloklanishi mumkin

Turkiyada TikTok oilaviy qadriyatlarga ta’sir qilgani uchun bloklanishi mumkin

Turkiyada TikTok oilaviy qadriyatlarga ta’sir qilgani uchun bloklanishi mumkin. Bu haqda Turkiya parlamentining Raqamli ommaviy axborot vositalari komissiyasi rahbari Husayn Yayman NTV telekanali efirida aytib o‘tdi.

Ijtimoiy tarmoqninng bloklanish ehtimoli uning Turkiyada oilaviy qadriyatlarga salbiy ta’siri bilan bog‘liq.

"TikTok AQShda taqiqlangan, biz bu taqiqga qarshimiz, ammo Turkiyada vaziyat qonunchilik tomonidan taqiqlanish darajasiga yetishi mumkin", — deya ogohlantirdi Yayman.

Bundan tashqari, u X ijtimoiy tarmog‘ini yuzaga kelgan qarama-qarshiliklarni bartaraf etish uchun Turkiyaga o‘z vakilini yuborishga chaqirdi. Shuningdek, Turkiyaning siyosiy hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan “trollar” xavfi haqida gapirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!