Bugun falastinliklarga cho‘lda yoki uyda o‘lish taklif qilinmoqda

Bugun falastinliklarga cho‘lda yoki uyda o‘lish taklif qilinmoqda

Mashhur amerikalik aktyor, prodyuser va faol Mark Ruffalo G‘azo sektori janubidagi Rafah shahriga genosidda ayblanayotgan Isroilning quruqlikdagi hujumini qoraladi.

Ruffalo X ijtimoiy tarmog‘ida YUNICEF vakili Jeyms Elderning blokadadagi anklavning janubiy aholi punkti bo‘lgan Rafah shahridagi falastinliklarning ahvoli haqidagi nashrini qayta joylashtirdi.

Aktyor G‘azodagi bolalar va Rafah aholisi yordamga juda muhtoj ekaniga e’tibor qaratdi.

Uning ta’kidlashicha, Rafah aholisi asosan "konslagerlarga" jo‘natiladi, u yerda ularga nafrat va shafqatsizlik bilan munosabatda bo‘lishadi.

“Sahroda yoki uyda o‘ling. Bu bugun falastinliklarga berilgan tanlovdir”, dedi Ruffalo nashrda.

Isroil armiyasi kecha ertalab Rafah shahriga quruqlikdan hujum boshlangani va Misr bilan chegaradagi xuddi shu nomdagi nazorat-o‘tkazish punkti ustidan nazorat o‘rnatilgani haqida ma’lum qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!