Arxitektor qurilish bo‘limi boshlig‘i jinoyatga qo‘l urdi

Arxitektor qurilish bo‘limi boshlig‘i jinoyatga qo‘l urdi

Sudlanuvchi Q.L. ... tuman qurilish bo‘limi boshlig‘i — bosh arxitektor lavozimida ishlab kelib, qasddan jinoyat sodir qilish yo‘liga o‘tib, o‘zganing mulkini aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida, o‘zining xizmat mavqeidan foydalanadi. U qurilish ishlarini amalga oshirish uchun ruxsat berish xizmat vazifasiga kirmasada, 2019 yilning 28 avgust kuni soat 18:15larda Buxoro shahar ... ko‘chasida joylashgan ... bank Buxoro ... boshqarmasi yaqinidagi yo‘nalishli transport vositalar to‘xtash bekatida yakka tartibdagi tadbirkor M.Q.ga 24.08.2016 yildagi ... tuman hokimligining qaroriga asosan ... tumani “...” mahalla fuqarolar yig‘ini, ... kalon qishlog‘ida “...” qurish uchun ajratilgan 300 kv. metr yer maydonining 30 kv. metr qismida qurilish ishlarini amalga oshirishga o‘zining yuqori lavozimlarda ishlaydigan  tanishlari orqali ruxsat olib berishni aytib, M.Q.ni aldab, ishonchini suiiste’mol qilib, moddiy qiymatlar egasini pora berishga dalolat qilib, o‘zi talab qilgan 2.300.000 so‘m pulni olgan vaqtida, ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olinib, firibgarlik jinoyatini o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holatda oxiriga yetkaza olmagan.

Sudlanuvchi Q.L u 2018 yil 24 avgustdan 2019 yil avgust oyiga qadar Buxoro viloyat qurilish bosh boshqarmasining ..... tuman qurilish bo‘limi boshlig‘i - tuman bosh arxitektori lavozimida ishlaganligini, uning xizmat vazifalariga tuman bosh rejasi asosida bino-inshootlarni joylashtirish, tumanda shaharsozlik siyosatini yuritish va boshqalar kirganligini, 2019 yil avgust oyi boshlarida M.Q. oldiga kelganligini, shunda M.Q. o‘ziga 2016 yil avgust oyidagi ...... tuman hokimining qaroriga asosan “.......” mahalla fuqarolar yig‘ini, ....... qishlog‘idan 300 kv. metr yer maydoni ajratilganligini, mazkur yer maydoni ...... tumanida aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun berilganligini, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirmoqchi ekanligini aytib, ajratilgan 300 kv. metr yer maydonidan 15 kv. metr yer maydonida toza suvni filtr qilish moslamasi o‘rnatish uchun bino qurish va 15 kv. metr yer maydonida qorovulxona qurish uchun hujjatlarni rasmiylashtirib berish so‘raganligini, u M.Q. ga ajratilgan yer maydonini joyiga borib ko‘rishini aytib, telefon raqamini olganligini, 2019 yil 10 avgust kunlari u M.Q. ga telefon orqali yer maydonini borib ko‘rishini bildirganida, M.Q. uning korxonasiga kelib, uni ..... kalon qishlog‘iga olib borganligini, ajratilgan yer maydoni va tuman hokimining yer maydonini ajratish va APZ hujjatlarini ko‘rib chiqib, M.Q. ga Buxoro viloyat qurilish bosh boshqarmasiga murojaat qilib, APZ hujjatlari muddatini uzaytirish mumkinligini va loyiha smeta hujjatlari tayyorlash kerakligini tushuntirganligini, shunda M.Q. ga loyiha smeta hujjatlarni tayyorlash uchun xarajat qilish kerakligini bildirganligini, u qancha xarajat qilish kerakligi haqida so‘raganida, unga 2.400.000 so‘m bo‘lishligi haqida aytganligini, shundan keyin 2019 yil 28 avgust kuni soat taxminan 12:30 larda fuqaro M.Q. qo‘ng‘iroq qilib, qayerda ekanligini va ko‘rishmoqchi ekanligini aytganida, ......  tumani “......” tomonda ko‘rishishni aytib, o‘sha tomonga kutib turishini aytganligini, keyin qo‘l telefonining quvvati tugab qolganligi sababli o‘chib qolganligini, Buxoro shahrida o‘z ishlari bilan kelganligini, shu vaqtda qo‘l telefon apparatini quvvatlantirib olganida, soat taxminan 16:30 larda M.Q. qo‘ng‘iroq qilib, kutganligini, kelmaganidan so‘ng ketib qolganligini aytganligini, shunda unga Buxoro shahrida ekanligini aytganida, shu kuni taxminan soat 17:30 larda fuqaro M.Q. qo‘ng‘iroq qilib, Buxoro shahriga yaqinlashganligini, qayerda uchrashishni so‘raganida, unga Buxoro shahar gaz idorasi tomonga kelishini aytganligini, taxminan soat 18:15 larda Buxoro shahar ........ ko‘chasida joylashgan Buxoro ...... bank boshqarmasi yonidagi bekatga fuqaro M.Q. bilan uchrashganligini, boshqaruvida bo‘lgan “Kobalt” rusumli 80 V 000 MA davlat raqam belgili avtomashinaga kelib o‘tirganligini, avtomashinada u va Z. ismli shaxs avtomashinaning old yo‘lovchi o‘rindig‘ida o‘tirganligini, keyin u jami 2.300.000 so‘m pullarni olib kelganligini, qolganiga biror kun ovqatlanishga olib borishligini bildirganligini, pullarni M. dan olib, haydovchi va yo‘lovchi o‘rindiqlari o‘rtsiga qo‘yganligini, M. avtomashinadan tushib ketgandan keyin oldiga notanish bo‘lgan 4-5 nafar fuqarolar kelib, o‘zlarini Departament va IIB xodimlari deb tanishtirib, xizmat guvohnomalarini ko‘rsatib, Departamentning Buxoro shahar bo‘limiga olib kelganliklarini, “Kobalt” rusumli 80 V 000 MA davlat raqam belgili avtomashinasi ko‘zdan kechirilganida, avtomashina salonidagi bardachokda 2.300.000 so‘m pullar borligi aniqlanib, tegishli tartibda olib qo‘yilganligini, shuningdek, avtomashinadagi videoregistrator ham olib qo‘yilganligini, qo‘llari mutaxassis tomonidan maxsus lampa orqali qo‘zdan kechirilganida, yashil-sarg‘ish rangli maxsus kukun izlari borligi aniqlanib, surtmalar olinganligini, pullar va surtmalar konvertlarga solinib, ishtirokchilar tomonidan muhrlanib, holat yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilganligini, 2019 yilning avgust oylarida fuqa M.Q. bilan tanishganligini, o‘rtalarida biror-bir kelishmovchilik yoki shaxsiy adovat yo‘qligini, fuqaro M.Q. dan 2.300.000 so‘m pullarni olib, o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatmoqchi bo‘lganligini, biroq Z. akaning ushbu holatdan xabari yo‘qligini, M.Q. nomiga 2016 yilda tuman hokimligining qaroriga asosan, “......” mahallasi ..... kalon qishlog‘idan ajratilgan 300 kv. metr yer maydonidan 30 kv. metr maydoniga toza suvni filtr qilish moslamasi o‘rnatish uchun bino va qorovulxona qurish uchun loyiha hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga 2.300.000 so‘m pullarini aldab olganligini, bino va qorovulxona qurish uchun loyiha va APZ hujjatining muddatini uzaytirish uning xizmat vazifalariga kirmasligini, M.Q. ga 2.300.000 so‘m pullardan Buxoro viloyat qurilish boshqarmasida ishlovchi tanishlariga hujjatlarini tayyorlash uchun bir qismini beraman deb aytmagan.

Sud sudlanuvchi Q.L. ning qilmishidan pushaymonligini, oilaviy sharoitini inobatga olib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rib va qilmishiga hamda  shaxsiga mos jazo tayinladi.

  N.YU.Sharopov, Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudi raisi

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!