AQShning yangi qurollari Ukrainaga Rossiya tomonidan bosib olingan hududlarni, jumladan Qrim va Donbassni qaytarishga yordam beradi

AQShning yangi qurollari Ukrainaga Rossiya tomonidan bosib olingan hududlarni, jumladan Qrim va Donbassni qaytarishga yordam beradi

"AQShning yangi qurollari Ukrainaga Rossiya tomonidan bosib olingan hududlarni, jumladan Qrim va Donbassni qaytarishga yordam beradi", dedi Ukraina mudofaa vaziri Aleksey Reznikov CNN telekanaliga bergan intervyusida.

"Biz barcha hududlarimizni, hamma narsani, jumladan Qrimni ham ozod qilamiz", — dedi u va "Yarim orol bizning strategik maqsadimiz", deya ta’kidladi.

Vazirning ta’kidlashicha, Rossiya Federasiyasi bilan bo‘lgan janglarda keyingi yo‘qotishlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun birinchi qadam vaziyatni barqarorlashtirish bo‘ladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ikkinchi bosqich — Rossiya qo‘shinlarini 24 fevraldan avvalgi o‘z pozisiyalariga qaytarish.

"Faqat uchinchi bosqichda", dedi u CNN telekanaliga, "Ukraina hamkorlari bilan hududlarni, jumladan, Qrimni qanday ozod qilish bo‘yicha muzokaralar bo‘ladi".

"Qrimni harbiy yo‘l bilan qaytarishga urinish bo‘ladimi", degan savolga Reznikov bunday variant ko‘rib chiqilmaganini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!