AQShlik erkak Xitoy Yangi yilini nishonlayotganlarni otib o‘ldirdi

AQShlik erkak Xitoy Yangi yilini nishonlayotganlarni otib o‘ldirdi

Kaliforniyalik fuqaro Xitoy Yangi yilini nishonlash chog‘ida o‘t ochdi, deb xabar bermoqda i24news.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, kamida 10 kishi halok bo‘lgan, yana 16 kishi jarohat olgan, ulardan ikki nafarining ahvoli og‘ir. Polisiya jinoyatchining hibsga olingani haqida xabar bermadi.

Hodisa Monterey bog‘ida, Xitoy Yangi yiliga bag‘ishlangan ikki kunlik festival nishonlanayotgan vaqtda sodir bo‘lgan. Mahalliy aholining so‘zlariga ko‘ra, hodisa tungi klubda sodir bo‘lgan, jami hududda bir necha o‘n minglab odamlar bo‘lgan. Otishma sabablari hozircha noma’lum.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!