AQShda samolyot qulab tushdi va to‘rt kishi halok bo‘ldi

AQShda samolyot qulab tushdi va to‘rt kishi halok bo‘ldi

AQShning Indiana shtatida bir dvigatelli samolyot qulashi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda AP.

Federal aviasiya boshqarmasi ma’lum qilishicha, samolyot 6 sentyabr, juma kuni Ayova shtatidagi Fort-Dodj aeroportidan havoga ko‘tarilgan va Indiana shtatidagi Anderson aeroportiga qo‘nishi kerak edi. Biroq qo‘nish vaqtida samolyot makkajo‘xori dalasiga qulab tushgan.

Hozirda tergov harakatlari boshlangan. Falokatning mumkin bo‘lgan sababi: qo‘nish paytida uchuvchi xatosi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!