AQShda qurollangan shaxs odamlarga o‘t ochdi. Polisiya xodimi o‘ldi

AQShda qurollangan shaxs odamlarga o‘t ochdi. Polisiya xodimi o‘ldi

21 iyun, dushanba kuni Arvada shahrining mashhur savdo va ko‘ngilochar tumanida bir tajovuzkor o‘t ochdi. Ikki kishi, shu jumladan faxriy polisiya xodimi vafot etdi. Otishmada hujumchining o‘zi o‘ldirilgan. Voqea haqida Solorado Sun xabar bermoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, otishma shubhali shaxs haqidagi qo‘ng‘iroqdan so‘ng Eski shahar maydoniga polisiya yetib kelganida boshlangan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, voqea joyiga kamida yuz nafar huquq-tartibot xodimi kelgan.

Qo‘riqchilardan biri bosqinchini ushlamoqchi bo‘lganida o‘ldirilgan. Bundan tashqari, yana bir kishi vafot etdi, uning ismi hali noma’lum. O‘q otgan odam esa yo‘q qilindi.

Huquqbuzarning shaxsi hali oshkor qilinmagan. Tergov davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!