AQShda musulmon shifokor 200 nafar saraton bemorining 650 ming dollarlik qarzlarini bekor qildi

AQShda musulmon shifokor 200 nafar saraton bemorining 650 ming dollarlik qarzlarini bekor qildi

Amerikalik musulmon shifokor Umar Atik ularning ko‘pchiligi hisoblarni to‘lay olmasligini anglagach, saraton kasalligiga tibbiy xizmat to‘lovini bekor qilishga qaror qildi.

"Men vaqt o‘tib, shunchaki to‘lay olmaydigan odamlar borligini tushunib yetdim," - dedi doktor Atik.
Dushanba kuni shifokor o‘z bemorlariga maxsus xabarlarni yubordi. Pokistonlik amerikalik shifokorning aytishicha, bu juda qiyin yil bo‘ldi va u o‘z bemorlariga moliyaviy jihatdan yordam berishdan mamnun.

"Saraton juda jiddiy kasallik bo‘lib, pandemiya paytida bemorlar uchun yanada qiyin bo‘ladi".
Islam.ru ma’lumotlariga ko‘ra, shifokor jami 200 nafar bemorlarning hisoblaridagi 650 000 dollarni hisobdan chiqarib tashladi.

"Men oddiy shifokorman - oddiy odamman, shunga qaramay bu odamlarga yordam bera olishim mumkin bo‘ldi", - dedi Atik.

Umar Atik bu yangi 2021 yil yanada yorqinroq bo‘lishiga umid uyg‘otishiga umid qiladi. "Men ularni yaxshi ko‘raman, ular haqida g‘amxo‘rlik qilaman va bemorlarim uchun biror narsa qila olganimdan xursandman", - ta’kidladi Atik.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!