AQSh va Hindiston mudofaa sohasidagi hamkorlikni kengaytirish niyatida

AQSh va Hindiston mudofaa sohasidagi hamkorlikni kengaytirish niyatida

AQSh va Hindiston mudofaa sohasidagi hamkorlikni, jumladan, koinot va sun’iy intellekt kabi rivojlanayotgan sohalarda ham hamkorlikni kengaytirish niyatida.

Bu haqda ikki davlat rahbarlari – prezident Jozef Bayden va bosh vazir Narendra Modining qo‘shma bayonotida aytildi.

Qayd etilishicha, tomonlar koinot va sun’iy intellekt kabi yangi va rivojlanayotgan yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish orqali Hindiston va AQSh o‘rtasidagi asosiy mudofaa sherikligini chuqurlashtirish va diversifikasiya qilish tarafdori ekanliklarini tasdiqladilar.

Shuningdek, tomonlar harbiy ishlab chiqarish sohasidagi hamkorlikni jadallashtirishga kelishib olgani qayd etildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!