AQSh Turkiyadan Rossiyaning S-400 raketa majmuasini sotib olishdan voz kechishini talab qildi

AQSh Turkiyadan Rossiyaning S-400 raketa majmuasini sotib olishdan voz kechishini talab qildi

AQSh Turkiyadan Amerikaning Patriot majmuasi yetkazib berilishi evaziga Rossiyaning S-400 raketa tizimini sotib olishdan voz kechishini talab qildi. Bu haqda Yeni Şafak gazetasi xabar qildi.

3 yanvar kuni Anqaraga muzokara o‘tkazish uchun kelgan Amerika delegasiyasi Turkiya TIV va mudofaa vazirligiga S-400ga buyurtmani bekor qilish talabini qo‘ygan. Shu tarzda Vashington Turkiyaga Rossiya majmualari yetkazib berilishini to‘xtatish uchun so‘nggi bor urinib ko‘rdi, deb yozadi gazeta.

Dekabr oyida AQSh senatining qurolli kuchlar bo‘yicha qo‘mitasi yangi rahbari Jeyms Inxof Turkiya F-35 dasturi ishtirokchisi bo‘lib qolish uchun S-400 majmuasini sotib olishdan voz kechishi kerakligini aytgandi. Undan sal oldinroq esa Turkiya TIV rahbari Mavlut Chovusho‘g‘li S-400 sotib olish haqidagi qaror bekor qilinmasligini bildirgandi.

Manba: kun. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!