AQSh rus madaniyatini bekor qilmaydi

AQSh rus madaniyatini bekor qilmaydi

AQShda Rossiyadan kelgan san’atkorlar ishtirokidagi bir qator tadbirlar bekor qilinganiga qaramay, mamlakatda rus madaniyatiga chuqur hurmat bilan munosabatda bo‘lishadi. AQShda rus madaniyatining bekor qilish haqida hech qanday so‘z ketmayapti. Bu haqda AQShning Moskvadagi muvaqqat ishlar vakili Elizabet Rud ma’lum qildi.

“Ikki tomonlama munosabatlarimizga kelsak, biz elchixonamizni ochiq tutamiz va bu borada qo‘limizdan kelganini qilamiz. Odamlar o‘rtasidagi aloqalarni davom ettirish, rus madaniyati, rus san’ati va rus adabiyotiga his qilgan chuqur hurmat asosida madaniy-ma’rifiy aloqalarni saqlash uchun barcha imkoniyatlarimizni ishga solamiz”, - dedi Rud RIA Novosti bilan suhbatda.

Shu bilan birga u rossiyalik artistlarni Ukraina bo‘yicha pozisiyalari tufayli qabul qilishni istamagan vaziyatlar bo‘lganini tan oldi.

“Ammo bu AQShda rus madaniyati taqiqlanganini bildirmaydi. Rus madaniyati amerikaliklar qalbida, universitetlarimizda, kutubxonalarimizda, teatrlar va konsert zallarida o‘z o‘rniga ega. U tirik va uning uchun hamma xursand”, - deydi Rud.

“Misol keltiraman: bayramlar yaqin, va butun Amerika bo‘ylab katta-kichik shaharlarda balet truppalari va maktablari Chaykovskiyning “Shelkunchik” (“Qarsildoq”) baletini namoyish etishadi. Dekabrning ilk haftasida Nyu-York filarmoniyasi Shostakovich va Chaykovskiyning oltinchi simfoniyalarini ijro etishadi. O‘tgan hafta San-Fransisko opera teatri “Evgeniy Onegin”ni namoyish etgan edi. Kitob do‘konlarida, AQSh kutubxonalari va universitetlarida rus mualliflarining kitoblari turibdi. Amerikalik talabalar va odamlar bu kitoblarni sotib olishadi, o‘qishadi va katta qiziqish bilan rus adabiyotini o‘rganishadi”, - deydi amerikalik diplomat.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!