AQSh qudrati so‘ndi, “Osiyo asri“ boshlandi – Yevropa Ittifoqi

AQSh qudrati so‘ndi, “Osiyo asri“ boshlandi – Yevropa Ittifoqi

Osiyo XXI asrda AQShdan ko‘ra ko‘proq xalqaro ishlarda muhim rol o‘ynaydi. Bu haqda Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar bo‘yicha yuqori vakili Xosep Borrel ma’lum qildi.

“Birinchidan, biz Osiyo iqtisodiy va xavfsizlik nuqtai nazaridan tobora muhim ahamiyat kasb etadigan dunyoda yashayapmiz. Tahlilchilar Amerika qudrati so‘nishi va “Osiyo asri“ning boshlanishi to‘g‘risida uzoq vaqtdan beri gaplashishmoqda“, deydi Borrel  Germaniya diplomatlarining yillik konferensiyasida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, XX asr Amerikaniki bo‘lganidek, XXI asr Osiyoga tegishli bo‘ladi. Amerika bu mavqega Jahon urushlari orqali erishgan bo‘lsa, Osiyo pandemiya orqali erishadi.

Borrelning fikricha, bu so‘nggi o‘n yilliklardagi birinchi jiddiy inqiroz, AQSh unga qarshi xalqaro miqyosda ish olib borolmaydi va o‘z iqtisodiga ham jiddiy putur yetadi.

“Qayerga qaramang, AQSh va Xitoy o‘rtasidagi raqobat kuchayib borayotganini ko‘ramiz. AQSh jiddiy xavotirlanmoqda“, deydi Borrel.

Hozirgi vaziyatda, uning fikricha, Yevropa Ittifoqi o‘z manfaatlari va qadriyatlariga amal qilishi va “u yoki boshqasi uni o‘z maqsadlari uchun ishlatishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!