​AQSh qarz botqog‘iga botib bormoqda

​AQSh qarz botqog‘iga botib bormoqda

AQSh moliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Amerika davlat qarzlari tarixda ilk bor 22 trillion dollardan oshgan.

Qayd etilishicha, bugungi kunda davlat qarzlari miqdori umumiy hisobda 22,012 trillion dollarni tashkil etmoqda.

O‘zA ning yozishicha, Donald Tramp Prezidentligi muddatida AQSh davlat qarzlari katta sur’atlarda o‘sib bormoqda. Nashr ayni holatga sabab sifatida Amerikada o‘tgan yilda o‘tkazilgan soliq islohoti va mudofaa xarajatlarining oshib borayotganini ko‘rsatgan.

Avvalroq, 2018 moliyaviy yilida AQSh byudjet defisiti 17 foizga oshib, 779 milliard dollarni tashkil etgani ma’lum qilingan edi. Prognozlarga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkich 2020 moliyaviy yilida trillion dollarga yetadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!