AQSh prezidenti Jo Bayden O‘zbekistonni sammitga taklif qilish zarur emas deb hisobladi

AQSh prezidenti Jo Bayden O‘zbekistonni sammitga  taklif qilish zarur emas deb hisobladi

AQSh prezidenti Jo Bayden O‘zbekiston va bir qator MDH davlatlarini Demokratiya sammitiga taklif qilishni zarur deb hisoblamadi.

AQSh Davlat departamenti “Demokratiya sammiti”ga taklif etilgan 110 davlat ro‘yxatini e’lon qildi. U 9-10 dekabr kunlari virtual formatda bo‘lib o‘tadi, deb xabar beradi “Interfaks”.

Ro‘yxatga Rossiya, Xitoy, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston va Ozarbayjon kiritilmagan. Vengriyadan tashqari barcha Yevropa Ittifoqi davlatlari taklif etiladi. AQShning NATOdagi ittifoqchisi Turkiya ham chaqirilmadi. Biroq, Bayden ma’muriyati Polsha, Hindiston va Filippinni taklif qildi.

Qayd etilganidek, sammit AQSh prezidenti Jo Bayden tashabbusi bilan o‘tkazildi. Unga mamlakatlar rahbarlaridan tashqari fuqarolik jamiyati va xususiy sektor vakillari taklif etiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!