AQSh Kongressi palatasi spikeri Nensi Pelosini Osiyoga olib uchayotgan samolyot onlayn radarlardan g‘oyib bo‘ldi

AQSh Kongressi palatasi spikeri Nensi Pelosini Osiyoga olib uchayotgan samolyot onlayn radarlardan g‘oyib bo‘ldi

Flightradar24 AQSh Kongressi palatasi spikeri Nensi Pelosini Osiyoga olib uchayotgan samolyot qayerda ekanligini yashirdi.

Haqiqiy vaqt rejimida havo kemalarini kuzatish xizmati Flightradar24 AQSh Kongressi palatasi spikeri Nensi Pelosini olib ketayotgani taxmin qilinayotgan 09-0540 davlat raqamiga ega AQSh Harbiy-havo kuchlarining Boeing C-40S samolyoti joylashgan joyni yashirdi.

Ma’lumki, Osiyo mintaqasiga yo‘l olgan layner Gavayi shtati Gonolulu aeroportiga qo‘ngach, onlayn xizmat ko‘rsatish xaritasidan g‘oyib bo‘lgan.

Vakillar palatasi spikeri Tayvanga ehtimoliy tashrifi fonida Xitoy harbiy-dengiz kuchlari Janubiy Xitoy dengizida ikki kunlik mashg‘ulotlar o‘tkazishni boshladi. Mashqlar 29 va 30 iyul kunlari janubiy Guandun provinsiyasini Xaynan orolidan ajratib turuvchi Syunchjou bo‘g‘ozining g‘arbiy qismida bo‘lib o‘tmoqda.

Shu bilan birga, Oq uy Pelosining Osiyo bo‘ylab rasmiy safari davomida Tayvanga safarini shubha ostiga oldi. Xitoy Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Tan Kefey avvalroq ogohlantirganidek, agar Pelosi Tayvanga tashrif buyurishga qaror qilsa, xitoylik harbiylar qo‘l qovushtirib o‘tirmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!