AQSh Iroqdan qo‘shinlarining bir qismini olib chiqishga rozi bo‘ldi

AQSh Iroqdan qo‘shinlarining bir qismini olib chiqishga rozi bo‘ldi

22 va 23 iyul kunlari Vashingtonda AQSh va Iroq mudofaa departamentlari rahbarlari, Ostin va al-Abbosiy ishtirokida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Koalisiya faoliyatini tugatish va Bag‘dodning Iroqda harbiy ishtirokini saqlab turgan davlatlar bilan yangi ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama qilindi. Bu haqda Amirliklarning The National gazetasi xabar berdi.

Iroq rasmiylariga yaqin manbalar koalisiya tarkibida faoliyat yuritayotgan Amerika qo‘shinlarining bir qismini olib chiqib ketish bo‘yicha kelishuvga erishilganini ma’lum qildi. Shuningdek, AQSh va xalqaro kuchlarning bir qismi yangi xavfsizlik kelishuvlari doirasida qolishi qayd etilgan. Vashington Iroq g‘arbidagi Anbar viloyatidagi Ayn al-Asad aviabazasidan o‘z qo‘shinlarini olib chiqishga tayyor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!