AQSh Huawei’ga qarshi rasman ayblov e’lon qildi

AQSh Huawei’ga qarshi rasman ayblov e’lon qildi

AQSh xitoylik texnogigant Huawei ga rasman ayblov e’lon qildi. Bu haqda AQSh Moliya vazirligida ma’lum qilishgan.

Ayblov 13 qismdan iborat bo‘lib, u kompaniyaning o‘ziga va ikki filialiga qarshi qaratilgan. Bundan tashqari, Huawei ning vise-prezidenti moliyaviy direktori Men Vanchjouga nisbatan ham ayblov e’lon qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Xitoyning Huawei texnologik kompaniyasi asoschisining qizi, kompaniya vise-prezidenti Men Vanchjou Kanadada hibsga olingandi.

Huawei kompaniyasining vise-prezidenti Men Vanchjouga Vashingtonning Eronga qarshi savdo sanksiyalarini buzish ayblovi qo‘yilgan.

Qalampir.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!