AQSH: "Biz Rossiya fuqarolarini qo‘llab-quvvatlaymiz"

AQSH: "Biz Rossiya fuqarolarini qo‘llab-quvvatlaymiz"

AQSh davlat departamentining rasmiy vakili Morgan Ortagus Rossiya hukumati iste’foga chiqishini yuzasidan izoh berdi.

“Biz nima bo‘layotganidan xabardormiz, kuzatib boramiz. Aytishim mumkinki, biz Rossiya fuqarolarining tarafidamiz. Prezident Donald Tramp hukumatlar o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilashni istashini bir necha bor ta’kidlagan”, - deb ta’kidladi Ortagus.

Shu bilan birga, Ortagus o‘z nutqida hamma narsa "Rossiya rahbarlariga bog‘liqligini" ta’kidlab, AQShning "tashqi siyosatdagi o‘zgarish" talablarini hisobga olishiga umid bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Dmitriy Medvedev Hukumat iste’fosi haqida Putinning Federal kengashga murojaatidan so‘ng e’lon qildi.

Vladimir Putin Federal soliq xizmati rahbari Mixail Mishustinga hukumat rahbarligini taklif etdi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!