APL rahbariyati Isroil va Falastin bayroqlarini qo‘llashni taqiqladi

APL rahbariyati Isroil va Falastin bayroqlarini qo‘llashni taqiqladi

Angliya Premyer-ligasi rahbariyati shu dam olish kunlari bo‘lib o‘tadigan 9-tur o‘yinlarida Isroil va Falastinning har qanday bayroqlaridan foydalanishni taqiqladi, deb xabar bermoqda Daily Mail.

Manbaga ko‘ra, shu yo‘l bilan Premyer-liga Yaqin Sharqdagi voqealar tufayli har qanday noxush hodisalarning oldini olmoqchi. Biroq o‘yinlar bir daqiqalik sukut bilan boshlanadi va futbolchilar qora bog‘ich taqishadi.

Shu dam olish kunlari Angliyaning quyi ligalarida ham xuddi shunday cheklovlar qo‘llaniladi.

7 oktyabr kuni Isroil mudofaa kuchlari Falastin tomonining yirik raketa otishmalariga javoban G‘azo sektorida harbiy operasiya boshlagandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!