Anjelina Joli falajdan keyin birinchi marta sayrga chiqdi

Anjelina Joli falajdan keyin birinchi marta sayrga chiqdi

Amerikalik aktrisa Anjelina Joli og‘ir kasalligi haqida xabarlar tarqalayotgan bir paytda uzoq vaqtdan buyon birinchi marta omma oldida namoyon bo‘ldi.

Ma’lum bo‘lishicha, Joli olti farzandidan uch nafarini olib, do‘konlarni aylanishga chiqqan. Sayr davomida aktrisaning kayfiyati yaxshi bo‘lgan. U shopping chog‘ida ko‘p kulgan, so‘ng bolalar bilan savdo markazini tark etgan.

Avvalroq Jolining sog‘lig‘i yomonlashgani haqida xabarlar tarqalgan edi. U 42 kilogrammgacha ozib ketgan, shuningdek, unda yuz mushaklariga ta’sir qiluvchi Bell falaji aniqlangan. Aktrisa, hatto vasiyatnoma yozgani aytilmoqda.

Manba: darakchi.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!