Angrenda tomda ishlayotgan erkak yurak xurujiga uchradi

Angrenda tomda ishlayotgan erkak yurak xurujiga uchradi

Angren shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi navbatchi-dispetcherlik xizmatiga 2020 yilning 7 avgust kuni soat 17.58 da Angren shahar Maydon MFY Oftob ko‘chasidagi xonadonlardan birida, uy egasi SH. ismli fuqaro yashash uyi tomini ta’mirlash maqsadida tomga chiqib ishlayotgan vaqtda, uning organizmida insult holati sodir bo‘lib, qo‘l va oyoqlari ishlamay qolganligi, uni tomdan olib tushish zarurligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Zudlik bilan voqea joyiga Angren shahar FVB 3-Yong‘in qutqaruv qismi qutqaruvchilari yetib borib, fuqaroni pastga olib tushishgan.

Ko‘makka yetib kelgan tez tibbiy yordam bo‘limi xodimlari tomonidan fuqaroga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, shahar markaziy shifoxonasiga olib ketilgan. Hozirgi kunda fuqaroning ahvoli yaxshi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!