Angrenda 2 ta yuk mashinasi ishtirokida YTH yuz berdi

Angrenda 2 ta yuk mashinasi ishtirokida YTH yuz berdi

Toshkent viloyati Angren shahrida 16 yanvar, payshanba kuni kechqurun ikkita yuk mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda «Daryo»ga Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, 16 yanvar kuni soat 23:00 da «Toshkent—O‘sh» avtomobil yo‘lining 182-kilometrida haydovchi J.Z. «MAZ» rusumli yuk avtomobilini Namangan viloyatidan Toshkent shahriga boshqarib ketayotgan vaqtida haydovchi D.N. boshqaruvidagi MAN rusumli yuk avtomobili uning ortidan kelib urilgan.

YTH natijasida transport vositalari texnik shikastlangan va MAN haydovchisi D.N. oyoq sinishi jarohati bilan Angren shahar markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.

Manba: daryo. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!