Andijonda ommaviy janjal pichoqbozlik bilan yakunlandi

Andijonda ommaviy janjal pichoqbozlik bilan yakunlandi

Andijon. 2020 yilning 17 sentyabr kuni soat 13:20 da Marhamat tumani Qo‘rg‘oncha MFY o‘ramida joylashgan jamoat joyi hisoblangan Qo‘rg‘oncha ko‘chasida 39 yoshli M.O. va 31 yoshli B.O.,lar bir guruhga birlashib, jamiyatda yurish turish qoidalarini qasddan mensimasdan, muqaddam o‘rtalarida bo‘lib o‘tgan pul oldi-berdi masalasida,  54 yoshli M.D., 31 yoshli J.D. va 17 yoshli J.R., lar bilan o‘zaro janjallashib, hech bir sababsiz, qo‘lida bo‘lgan o‘tkir tig‘li jism bilan ularga turli ko‘rinishda tan jarohatlari yetkazishgan.

Hodisa joyidan 2 dona xo‘jalik pichog‘i ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Holat yuzasidan Marhamat tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. M.O. va O.B., lar gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, prosessual tartibda ushlanganlar.

Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!