Andijonda IIB xodimlari o‘ta og‘ir jinoyatlarda ayblanib hibsga olindi

Andijonda IIB xodimlari o‘ta og‘ir jinoyatlarda ayblanib hibsga olindi

Qator ommaviy axborot vositalarida Andijon viloyat IIBning ayrim xodimlari hibsga olingani haqida tarqalgan xabarlar tasdiqlandi. Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Surayyo Rahmonovaning ma’lum qilishicha, hibsga olinganlar viloyat IIB Jinoyat-qidiruv boshqarmasining xodimlari bo‘lib, ularga nisbatan Bosh prokuratura tomonidan Jinoyat kodeksining 206- (Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish), 234- (Qonunga xilof ravishda ushlab turish yoki hibsga olish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi Bosh prokuratura tomonidan qo‘zg‘atilgani, shuningdek, tegishli tergov harakatlarini o‘tkazish ushbu mahkamaning o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasiga yuklatilishi ichki ishlar xodimlarining qilmishi o‘ta jiddiy ekanidan dalolat beradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!