Ana xolos! Kelin to‘yiga kelayotganlardan 400 dollar talab qildi va sharmanda bo‘ldi

Ana xolos! Kelin to‘yiga kelayotganlardan 400 dollar talab qildi va sharmanda bo‘ldi

Kelin mehmonlardan to‘y sovg‘alari uchun kamida 400 dollar sarflashlarini talab qildi va tarmoqda sharmanda bo‘ldi. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.

Shunday qilib, kelin o‘zining Facebook'dagi sahifasida ushbu bayram munosabati bilan olishni istagan narsalar ro‘yxati bilan post nashr etdi. Ular orasida Gucci yoki Louis Vuitton qimmatbaho dizaynerlik buyumlari, interyer buyumlari, mashina, uylarni ta’mirlash uchun mablag‘lar yoki "kishi boshiga kamida 400 dollar naqd pul" bor edi.

Qizning postida yuzlab izohlar to‘plangan - asosan abonentlar uning istaklarini haddan tashqari va xudbin deb atashgan. "Bu oddiy odam uchun umuman oqilona so‘rovlarmi?", "Umid qilamanki, kuyov undan qochib qutulgan", "Unga ajrashish to‘g‘risidagi hujjatlarni allaqachon bera olamizmi?" deya foydalanuvchilar kinoyali tarzda yozishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!