Ana xolos! Dunyoda har oyda o‘rtacha 78 000 kishi COVID-19 qurboniga aylanmoqda

Ana xolos! Dunyoda har oyda o‘rtacha 78 000 kishi COVID-19 qurboniga aylanmoqda

Reuters axborot agentligining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 28 iyunga kelib dunyo bo‘yicha koronavirusdan vafot etganlar soni 500 mingdan oshdi. Ushbu kasallikni yuqtirib olganlar esa 10 millionlik chegaradan o‘tdi.

So‘nggi haftalarda global miqyosda COVID-19 qurbonlari soni kamayib borayotgan bo‘lsa-da,tibbiyot mutaxassislari AQSH, Braziliya, va Hindiston kabi davlatlarda yangi kasallanganlar soni rekord darajada ko‘payayotganidan hamda Osiyoning ba’zi hududlarida virusning yangi o‘choqlari paydo bo‘layotganidan xavotirga tushmoqda.

Reuters’ning 1 iyundan 27 iyungacha qilgan hisob-kitoblariga ko‘ra, dunyoda COVID-19 tufayli bir kunda o‘rtacha 4700 kishi vafot etmoqda.Bu har soatda 196 kishi, har soniyada esa 18 kishi koronavirus qurboniga aylanayotganini bildiradi.

Ayni paytda koronavirusdan eng ko‘p zarar ko‘rayotgan mamlakat bu AQShdir.Hozirgacha koronavirusdan qayd etilgan o‘lim hollarining 25 foizi Qo‘shma Shtatlarga to‘g‘ri kelmoqda.

Koronavirus pandemiyasi boshlanganiga atigi 5 oy bo‘ldi. Shu qisqa davr oralig‘ida COVID-19 dan o‘lganlar soni boshqa bir xavfli kasallik bo‘lgan bezgakdan bir yilda vafot etadiganlar sonidan oshib ketdi. JSST statistikasiga ko‘ra, OITC oyiga o‘rtacha 64 ming kishini, bezgak esa 36 ming kishini hayotdan olib ketsa, koronavirusdan har oyda o‘rtacha 78 ming kishi vafot etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!