Amudaryo tumanida antiqa va yagona avtomobil yaratildi (foto)

Amudaryo tumanida antiqa va yagona avtomobil yaratildi (foto)

Qoraqalpog‘istonning Amudaryo tumani Mang‘it shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro Alisher Yuldashev eski Zaporojes avtomobilining korpusi asosida yangi avtomobil yig‘ib chiqardi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Tiko ning motorini, Mazda ning o‘rindig‘ini, Malibu ning ruli va orqa faralarini, Kaptiva ning old qoplamasi (oblisovka)ni Zaporojes ning korpusiga o‘rnatib, antiqa avtomobil yaratgan ixtorochi-muallif unga Yagona deb nom qo‘ygan.

Yoshligimdan avtomashina yig‘ishga qiziqaman va ancha vaqt shuni o‘zimga kasb qilib kelganman. Shuning orqasidan pul topib, ro‘zg‘or tebratganman. 90-yillarda Nukus shahrida talabalik paytimda uylarning oldida qantarilib yotgan avtomobillarni ko‘rib, uning egalari bilan gaplashib sotib olardim va ularga qayta ishlov berib sotardim. Hozirgacha davlat ishlaridan bo‘sh paytimda darhol avtomashina yig‘ishga kirishaman.

Antiqa avtomobil yaratish g‘oyasi bundan 4 yil avval paydo bo‘lgan. Bir kuni avtomobil yig‘ayotgan paytimda yonimga qizcham (u vaqtda 5-sinfda edi) kelib, menga xushomad qilib: dada, menga ham mashina olib bering. Faqat u mashina hech kimda yo‘q, yagona bo‘lsin dedi. G‘oyani aslida qizim bergan. Natijada, mana ko‘rib turibsiz, Yagona marka li avtomobil dunyoga keldi. Xudo xoxlasa, kelgusi yilda qizim maktabni tugatadi. Ushbu antiqa avtomobilni qizimga sovg‘a qilmoqchiman , - deydi A.Yuldashev

Yagona avtomobili 3 yilda dunyoga kelgan. Alisher Yakubovning ta’kidlashicha, u mablag‘ topgan paytlari bozordan avtomobillarning ehtiyot qismlarini sotib olib yurgan. Mazkur avtomobil uchun 50 mln. so‘mdan ko‘proq sarf xarajat qilgan.

Uning hovlisida yana Moskvich 401 rusumli eski avtomashina ham bor ekan. Bu avtomashinani ham bir vaqtlari sotib olib, unga qayta ishlov bergan va ayni paytda motori yaxshi holatda ishlab tur.

Alisher Yakubov kelajakda shunday avtomobillardan muzey tashkil qilishni ham niyat qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!