Amerikalik jurnalist Taker Karlson Pavel Durov bilan bir soatlik intervyuni Youtubega joyladi

Amerikalik jurnalist Taker Karlson Pavel Durov bilan bir soatlik intervyuni Youtubega joyladi

Ular asosan, albatta, Telegram haqida gaplashishdi: Durov uni qachon va nima uchun yaratgani, nima uchun bosh ofis Dubayda ekanligi va messenjer qanday qilib nol reklama xarajatlari bilan shu qadar mashhur bo‘lganini so‘zlab berdi.

Durov, shuningdek, Telegramning shifrlash standarti uning akasi Nikolay tomonidan ishlab chiqilgani, shuning uchun «messenjer xavfsizligiga hech qanday shubha yo‘qligini» aytdi.

Durov shaxsiy hayoti haqida har doimgidek gapirmadi: u faqat VKdagi o‘z ulushini sotishdan kelgan pulni hashamatli xaridlarga «yuzlab million dollar» sarflamaganini va boshlashni rejalashtirmayotganini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!