«Al-Azhar» Shvesiya va Gollandiya mahsulotlarini boykot qilishga chaqirdi

«Al-Azhar» Shvesiya va Gollandiya mahsulotlarini boykot qilishga chaqirdi

Misrdagi "Al-Azhar" universiteti butun dunyo musulmonlarini Qur’oni karimga qarshi hujumlarga qarshi qat’iy pozisiyaga ega bo‘lishlari kerakligini ta’kidladi.

"Al-Azhar" universiteti barcha musulmonlarni Shvesiya va Gollandiya mahsulotlarini boykot qilishga chaqirdi. Azharning bayonotida barcha musulmonlar Qur’oni karimga nisbatan qilinayotgan hujumlarga qarshi qat’iy pozisiyalarini bildirish maqsadida Gollandiya va Shvesiya hukumatlariga munosib tarzda javob qaytarishlari kerakligi va bunday insonlar tushunadigan yagona til moddiyat ekanligi aytildi.

Bayonotda, ikki mamlakat "so‘z erkinligi" sifatida izohlagan g‘ayriinsoniylik va axloqsizlik timsoli bo‘lgan jirkanch va qo‘pol jinoyatni himoya qilishda davom etilishini qabul qilib bo‘lmas ish ekanligi ta’kidlangan.

Arab va musulmon xalqlarga Gollandiya va Shvesiya mahsulotlarini boykot qilishga chaqirish to‘g‘risidagi bayonotda, xususan bolalar va yoshlar bu borada xabardor qilinishlari kerakligi ta’kidlanib, bunday adashgan kimsalar haqida ma’lumotga ega bo‘lmasliklari bu dinning qadr-qimmatini idrok qilolmasliklariga sabab bo‘lishi bildirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!