Aktyor rafiqasining aybini isbotlovchi 87 videotasvirni sudga taqdim etdi

Aktyor rafiqasining aybini isbotlovchi 87 videotasvirni sudga taqdim etdi

Sal avval sobiq xotinining ustidan 50 million dollarlik shikoyat arizasi yozgan 55 yoshli aktyor sudda aslida o‘zining jabrdiyda ekanini isbotlovchi dalillarni taqdim etishini ta’kidlagan edi.

Sobiq juftlikning ajralish jarayoni allaqachon yakuniga yetgan bo‘lishiga qaramay, ular atrofidagi janjallar kamaymayapti. Jonni Depp u sayohatdalik paytida xotini unga Ilon Mask bilan birga xiyonat qilgani, shuningdek, Xyord rafiqasiga bir shisha aroq olib kelgani va Deppni barmoqsiz qoldirishiga sal qolgani haqida ma’lum qilishga ulgurdi.

Shu va boshqa ko‘plab holatlar bo‘yicha o‘zining so‘zlari rostligini isbotlash uchun Jonni Depp sudga uyidagi kuzatuv kamerasidan ko‘chirib olingan 87 ta videoni taqdim etgan. Bu tasvirlarda Ember o‘zini tajovuzkor holda tutadi, aktyorni uradi va haqoratlaydi. Deppning vakillari ma’lum qilishicha, Xyord egri yo‘lga o‘tib, o‘z karyerasi hamda mashhurligini oshirish niyatida Deppni ayblagan.

Deppning advokatlari qayd etishicha, 32 yoshli aktrisa o‘z ayblovi orqali #MeToo poezdi harakatini to‘xtatishga muvaffaq bo‘ldi. Xyord L Or al Paris dunyo notiqlik kompaniyasining Amerika ittifoqi ayollar huquqlari vakilasi, inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha BMT Yuqori komissarligi Boshqarmasiga tayinlangan ilk ayol bo‘ldi.

life.ru


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!