Afg‘onistonda ketma-ket portlash sodir bo‘ldi. 10 kishi vafot etdi

Afg‘onistonda ketma-ket portlash sodir bo‘ldi. 10 kishi vafot etdi

Afg‘onistonnning Mozori Sharif shahrida ketma-ket portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda Aamaj News xabar bermoqda.

“Ikkala portlash ham bir necha daqiqalik interval bilan shaharning asosan shia hazoralari yashaydigan beshinchi tumanida sodir bo‘ldi. Manbalarning xabar berishicha, ikkinchi portlash Kartaya Ariana shahrida sodir bo‘lgan, hodisa natijasida 10 kishi halok bo‘lgan va jarohatlangan”, — deyiladi xabarda.

Shu vaqtning o‘zida Qobul shahridagi “Hazrati Zakariya” masjidida ham portlash yuz bergan. U yerda ham ikki kishi jarohat olgani aytilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!