Adidas rossiyalik futbolchilar bilan shartnomani bekor qildi

Adidas rossiyalik futbolchilar bilan shartnomani bekor qildi

Adidas Aleksey Miranchukdan tashqari barcha rossiyalik futbolchilar bilan shartnomani bekor qildi.

RB Sport xabariga ko‘ra, nemis kompaniyasi ijara asosida "Torino"da o‘ynayotgan Miranchuk oldidagi shartnoma majburiyatlarini bajarishda davom etmoqda.

Ilgari Adidas Denis Glushakov, Gilyerme, Aleksandr Sobolev, Ilzat Axmetov, Zelimxan Bakayev va boshqa rossiyalik futbolchilar bilan hamkorlik qilgan. Nemis kompaniyasi Rossiyani tark etgach, futbolchilar bilan amaldagi shartnomalarni bekor qilish va ularga shartnoma bo‘yicha bir yil davomida tovon puli to‘lash bo‘yicha qo‘shimcha kelishuv imzolangan.

Adidas Miranchuk bilan shartnomani buzmadi, chunki u Yevropada o‘ynaydi. Alekseyning brend bilan shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan.

RPL klubi futbolchilaridan biri Nike va Adidas kompaniyalari Rossiyadan ketganidan keyin butsa yetishmasligi haqida gapirdi. "Hozirda butsalar tanqis tovarga aylangan. Agar ilgari ular homiylar tomonidan taqdim etilgan bo‘lsa, endi hamma narsani o‘zingiz sotib olishingiz kerak. Biroq, sotib olish uchun uni izlash kerak. BAAda men ozmi-ko‘pmi nimadir topdim, lekin Turkiyadagi yig‘inda men do‘konga bordim va u yerda faqat yarim professionallar uchun sotilarkan" - dedi RPL klubi futbolchisi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!