Abituriyentlar va ota-onalar uchun Call-markaz ishga tushdi

Abituriyentlar va ota-onalar uchun Call-markaz ishga tushdi

Bu yil oliy o‘quv yurtlariga qabul har doimgidan ham o‘zgacharoq tashkil etilgan, jarayonlar shaffoflashtirilgan va osonlashtirilgan. Jumladan, abituriyentlar uchun o‘z hujjatlarini Davlat xizmatlari markazlari orqali, onlayn topshirish imkoniyatlari yaratilgan.

Ayni kunlarda abituriyentlarni, ota-onalarni ko‘plab savollar qiynaydi, deb yozadi O‘zA. Xo‘sh, ular bunday vaziyatda kimga, qachon, qay tartibda murojaat qilishi mumkin?

Respublikamizda 2019/2020 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayoni boshlanishi munosabati bilan, abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish, ularni qiziqtirgan savollarga javob berish, joriy etilgan yangiliklar mazmun-mohiyatini keng jamoatchilik e’tiboriga yetkazib borish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida Call-markaz tashkil etildi.

Endi fuqarolar (71) 246-16-04 telefon raqami orqali Call-markaz bilan bog‘lanib, o‘qishga qabul bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!