Abdulla Qurbonov va Halima Ibragimovaning ham lisenziyasi qaytarib berildi

Abdulla Qurbonov va Halima Ibragimovaning ham lisenziyasi qaytarib berildi

Oldinroq xonanda Jahongir Otajonovning lisenziyasi qaytarib berilgani haqida xabar bergandik.

Ma’lumotlarga ko‘ra, «O‘zbekkonsert» Abdulla Qurbonov, Shahlo Ahmedova va Halima Ibragimovaga ham ijodiy faoliyatini davom ettirish uchun ruxsat bergan.

«Ular bundan buyon o‘z ijodlarini rivojlantirish va xalqimizga astoydil xizmat qilishlarini ma’lum qilganliklari sabab ularning vaqtincha olib qo‘yilgan va tugatilgan lisenziyalarini qaytarganligimizni ma’lum qilamiz», – dedi muassasa direktori Odiljon Abduqahhorov.

«O‘zbekiston Respublikasi prezidentining san’at ahliga bo‘lgan g‘amxo‘rliklari, kechirimliligi hamda e’tibori soha xodimlariga albatta bemisl kuch-g‘ayrat baxsh etadi. Bunday e’tiborni esa asl san’at namunalarini yaratish, xalqimizga astoydil xizmat qilish bilangina javob qaytarishimiz lozim», deb qo‘shimcha qildi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!