Abbosbek Fayzullayev gol urgan o‘yinda “SSKA” “OFK” ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi

Abbosbek Fayzullayev gol urgan o‘yinda “SSKA” “OFK” ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi

Futbol bo‘yicha o‘rtoqlik maqomidagi Birodarlik Kubogi bahslari start oldi.

Unda Moskvaning “SSKA” jamoasi Serbiyaning “OFK” klubiga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning 35-daqiqasida o‘zbekistonlik futbolchi Abbosbek Fayzullayev hisobni ochdi.

Ikkinchi bo‘lim boshida esa Gayich hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi. 54-daqiqada Diveev moskvaliklarning uchinchi goliga mualliflik qildi.

O‘yin yakunida Bistrovich ham gol urdi va “SSKA” 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Moskva klubi 7 iyul kuni “Partizan”ga qarshi maydonga tushadi.

Birodarlik Kubogi

4 iyul, payshanba

“SSKA” – “OFK” 4:0

Goli: 1:0 – Fayzullayev (35), 2:0 – Gayich (48), 3:0 – Diveev (54), 4:0 — Bistrovich (90+4).

“SSKA”: Akinfeev (Pomazun, 46), Gayich (Xelven, 53), Diveev, (Ryadno, 61) Rosha (Agapov, 61), Moyzes (Lukin, 61), Krugovoy (Rivandi, 61), Zdelar (Bistrovich, 61), Oblyakov (Kislyak, 61), Fayzullayev (Musayev, 46, Krasich, 89), Jemaletdinov (Glebov, 46, Shumanskiy, 89), Chalov (Gaych, 61, Yakovlev, 89).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!