32 mamlakat olimlari koronavirusning havo orqali yuqishini tan olishni talab qilishmoqda

32 mamlakat olimlari koronavirusning havo orqali yuqishini tan olishni talab qilishmoqda

“The New York Times”  gazetasining yozishicha, 32 mamlakatdan 240 ga yaqin olimlar JSSTdan koronavirusning havoda eng kichik zarrachalar orqali yuqishini tan olishni talab qilmoqda.

Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti esa koronavirus bemor yo‘talganda va aksa urganda havoga tushadigan tomchilar hamda buyumlarga tekkandagina yuqishini aytmoqda.

Ammo olimlar koronavirusni mayda zarralar sabab, ayniqsa, bino ichida ham yuqtirish mumkinligiga ishonishmoqda.

JSSTning infeksiyani nazorat qilish bo‘yicha texnik direktori Benedett Allegransi ushbu qarash tasdiqlanmagan deb hisoblamoqda.

Material mualliflarining ta’kidlashicha, agar koronavirusning havo orqali tarqalishi taxmini tasdiqlansa,  JSST o‘z tavsiyalarini yanada jiddiylariga o‘zgartirishga majbur bo‘ladi.

Xususan, niqob taqish hatto ijtimoiy masofa saqlangan holatda ham tavsiya qilinadi. Shifokorlarga qo‘yiladigan talablar yanada kuchaytiriladi - ular hatto eng mayda zarralarni ham filtrlaydigan niqob taqishlari kerak bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!