301 mln so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘lari talon-taroj qilindi

301 mln so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘lari talon-taroj qilindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bekobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, ATB “Agrobank” Bekobod filiali, “P.A.” va “U.X.” MCHJ mansabdor shaxslari “Yoshlar-kelajagimiz” dasturi doirasida ajratilgan 301 mln so‘m kredit mablag‘larini maqsadsiz sarflab, talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan filial va jamiyat mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi va 209-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!