2020 yil birinchi yarmida KXSHT mamlakatlarida kiberjinoyatlar soni besh baravar oshdi

2020 yil birinchi yarmida KXSHT mamlakatlarida kiberjinoyatlar soni besh baravar oshdi

Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotiga (KXSHT) a’zo davlatlarda kiberjinoyatlar soni 2020 yilning birinchi yarmida besh baravar oshdi va 64 mingdan ortiqni tashkil etdi.

Bu haqda tashkilot bosh kotibi Stanislav Zas ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, xalqaro terrorizm, shu jumladan, yangi a’zolarni jalb qilish manfaatlarida innovasion texnologiyalardan foydalangnli ko‘rsatkichini aniqlash maqsadida KXSHT formatida doimiy ravishda harakatda bo‘lgan "Proksi " operasiyasi o‘tkazilgan.

"2020 yil birinchi yarmida, operasiya natijalariga ko‘ra, davlatlarimiz hududida aniqlangan faktlar sonining ko‘payishi kuzatilmoqda, ularning soni 64 mingdan oshdi, bu axborot texnologiyalari sohasidan foydalangan holda jinoyatlar sodir etilganligi, shuningdek, KXSHTga a’zo davlatlar va ularning fuqarolariga qarshi noqonuniy harakatlar sodir etilganligi to‘g‘risida guvohlik beradi", - dedi Zas.

KXSHT Bosh kotibining so‘zlariga ko‘ra, bu raqam 2019 yilning shu davriga nisbatan besh baravar ko‘pdir.

Qayd etilishicha, KXSHTga a’zo davlatlarda aniqlangan qonunbuzarliklar natijasida 30 mingdan ortiq jinoiy ish qo‘zg‘atilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilga nisbatan uch baravarga oshiqdir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!