2 nafar o‘zbekistonlikning Nyu-Yorkda koronavirusdan vafot etgani tasdiqlandi

2 nafar o‘zbekistonlikning Nyu-Yorkda koronavirusdan vafot etgani tasdiqlandi

AQShning Nyu-York shahri Bruklin tumanida ikki nafar o‘zbekistonlikning koronavirusdan vafot etgani haqida xabar berilgan edi. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi mazkur ma’lumotni tasdiqladi.

O‘zbekistonning Nyu-York shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan Z.H. va H.S. mahalliy shifoxonalarda koronavirus infeksiyasidan vafot etgan.

Vazirlikning Konsullik-huquqiy departamenti marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya izhor etgan va chet eldagi O‘zbekiston fuqarolariga koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha mahalliy hokimiyat talablariga to‘liq rioya etish, ommaviy tadbirlarda qatnashmaslik, gavjum joylarga tashrif buyurmaslik va barcha ehtiyot choralarini ko‘rishni qat’iy so‘ragan.

Vazirlik tomonidan qayd etilishicha, AQShda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda O‘zbekistonning Vashington shahridagi elchixonasiga +1-202-887-5300 (ichki.1) telefon raqami orqali va Nyu-York shahridagi Bosh konsulxonasiga +1-212-754-7403 telefon raqami orqali murojaat qilishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!